Barselona mag'lubiyatsiz seriyasini 31ta o'yinga etkazdi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2016, 08:13
Barselona kecha Ispaniya chempionatining qoldirilgan o'yinida Sporting Xixon ustidan g'alabaga erishdi (3:1).

Shunday qilib, kataloniyaliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 31ta o'yinda yutqazishmadi va klub rekordini yangilashdi.

Oldingi rekord Xosep Gvardiola boshchiligida 2010/11 yilgi mavsumda qayd etilgandi (28 o'yin).

So'nggi bor Barselona Luis Enrike boshchiligida 2015 yilning 3 oktyabr kunida Sevilyaga yutqazgandi (1:2).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com