"Barselona" Lautaro Martines uchun ikki o'yinchisini va 70 million evro taklif qilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 mar 2020, 23:16
"Barselona" yaqin orada argentinalik "Inter" hujumchisi Lautaro Martines transferi bo'yicha taklif bilan chiqishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi hujumchi uchun 70 million evro to'lashga hamda himoyachi Nelson Semedu va yarim himoyachi Arturo Vidalni "Inter"ga berishga tayyor. Martinesning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 111 million evroni tashkil qiladi, ammo kataloniyaliklar bu summani to'lashni lozim topmayapti.

Oldinroq, Martinesga "Real" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli Lautaro Martines Italiya chempionatida 21 ta o'yinida qatnashib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FC Inter News