“Barselona” Lautaro bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

13 iyul 2020, 08:35
Bu haqida “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu ma'lum qildi.

“Oldinda turgan transfer oynasi umuman boshqacha bo'ladi. Katta klublar ham iqtisodiy muammolarga duch kelgan. Ammo “Barselona” har doim bozorda sezilarli darajada ishtirok etadi. Lautaro bilan muzokaralar esa vaqtincha to'xtatilgan. “Inter” vakillari bilan bir necha hafta ilgari suhbatlashtik. Endi biz vaziyatni baholaymiz”, - deydi Bartomeu.

Ma'lumot uchun, Lautaro Martines joriy mavsum “Inter” safida 38 ta o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi. Uning “Inter” bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amalda bo'ladi. Uning shartnomasidagi tovon puli esa 111 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com