"Barselona" Koutinoning o'rniga APLning boshqa futbolchisini sotib olishi mumkin edi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 18:40
"Barselona" klubi qishki transfer oynasida "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib oldi.

Kataloniya klubi aslida braziliyalik yarim himoyachini 2017 yilning yozida xarid qilmoqchi edi, biroq "Liverpul" bunga ko'nmadi. Ko'k-anorranglilar qishda uni sotib olishga umid qilishdi, biroq zaxira variant ham bor bo'lgan. "Barselona" bir necha oy mobaynida "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenni kuzatgan va agar qishda "Liverpul" Koutinoni sotmaganida, ispan grandi daniyalikni o'ziniki qilib olgan bo'lar edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo