"Barselona" Koutino uchun 90 million evro xohlamoqda

Alisher
8 apr 2020, 13:33
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

Kataloniyaliklar rahbariyati 27 yoshli futbolchi uchun 90 million evro miqdorida narx qo'ydi. Xabar qilinishicha, "Barsa" moliyaviy yo'qotishlarga uchramaslik uchun narxni tushirmoqchi emas.

Koutinoga Angliya klublari qiziqish bildirmoqda. "Barselona" braziliyalik o'yinchini xarid qiish huquqi bilan ijaraga berib yuborishga tayyor.

Koutinoning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Ijara asosida "Bavariya"da o'ynayotgan futbolchi joriy mavsum myunxenliklar tarkibida Bundesligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es