

"Barselona" klubi rasmiy saytining xabariga ko'ra, Ispaniya chempionatining 11-turi doirasidagi "Real Valyadolid" (5:1) klubiga qarshi bahsda hisobni ochgan himoyachi Kleman Langle jamoaning joriy mavsumda gol urgan 13-futbolchisiga aylandi. Mazkur ko'rsatkich davom etayotan mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshisi hisoblanadi.



