"Barselona" hujumchi Kolyadoni "Elche"ga ijaraga berdi

Alisher
15 avg 2022, 16:04
"Barselona" hujumchisi Aleks Kolyado faoliyatini ijara asosida "Elche"da davom ettiradi.

Klub futbolchi maoshining 50 foizini to'laydi.

23 yoshli ispan bilan ijara kelishuvi 1 yilga mo'ljallangan. Unda o'yinchini kelasi yozda xarid qilish huquqi ko'zda tutilmagan.

Kolyado 2010 yildan beri "Barselona"da o'ynaydi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda "Barsa B" sardori bo'lgandi.

Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Granada"da o'tkazdi. U 17ta o'yinda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona_cat