"Barselona" hakamlar qo'mitasi vice-prezidentiga pul o'tkazib bergani uchun LaLigadan chetlatilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 fev 2023, 00:50
"Barselona"ga korrupsiya ishi bo'yicha sankciyalar qo'llanilishi mumkin.

"Barselona" 2016 yildan 2018 yilgacha Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Eriksen Negreyraga 1,4 mln. evro o'tkazib bergan va bu to'lov konsalting xizmati uchun deyilgan. Klub bu pulni yosh futbolchilar haqidagi hisobotlar va hakamlik xizmati uchun ekanligini aniqlashtirib ketdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda Ispaniya prokuraturasida klub va Negreyraga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozircha "Barselona" hech narsada ayblanmayapti, ammo bu korrupsiyaligi isbotlansa klub jiddiy jazolanishi - ochko olib tashlanishidan tortib ligadan xaydalishicha bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bolavip