“Barselona” futbolchisini “Yuventus”ga sotishdan bosh tortdi

2 sen 2019, 07:24
Umtiti sotilmaydi.

Kataloniya klubi jamoa himoyachisi Samyuel Umtitini “Yuventus”ga sotmadi. Turin klubi butun yoz bo'yi Umtitiga qiziqish bildirib kelgan. Biroq “Yuventus” taklifni Jorjio Kellini jarohat olgach “Barselona”ga yuborgan. Turinliklar Umtiti uchun katalonlarga 40 mln evro taklif qilgan. Biroq “Barsa” ushbu taklifga rad javobini bergan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Yuventus”ning “Bavariya”dan Jerom Boatengni olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport