​"Barselona" futbolchisi 3 haftaga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
1 may 2025, 17:51
"Barselona" va "Inter" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o'yini jangovar durang (3:3) bilan yakunlandi, ammo kataloniyaliklar uchun bu o'yin nafaqat natija, balki asosiy himoyachining jarohati bilan ham esda qoldi.

Jyul Kunde sonining orqa qismida keskin og'riq sezib, tanaffusdan oldin, 42-daqiqada almashtirishlarini so'radi.

Klub ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik himoyachi yaqin kunlarda tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Dastlabki xulosalar uning mushaklarida uzilish bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Bu esa uni javob uchrashuvida va 11 mayda rejalashtirilgan "El Klasiko"da ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin.

Xansi Flik uchun Kundening yo'qotilishi jiddiy zarba bo'ldi. Futbolchi mavsum davomida 53 ta o'yinda ishtirok etdi va mudofaa chizig'ining asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Hatto murabbiy muhim o'yinlarga kuch saqlashi uchun uni "Malorka"ga qarshi o'yin tarkibidan chiqarib tashlagan edi.

Uchrashuvdan so'ng Kunde jurnalistlarga holati yomon ekanligini aytdi. Himoyachining jarohati mavsumning hal qiluvchi paytida qo'shimcha tashvish uyg'otmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes