"Barselona" forvardi yarim yilga safdan chiqdi va Evro-2020ni o'tkazib yuboradigan bo'ldi

Alisher
12 fev 2020, 11:04
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele 6 oyga safdan chiqdi.

Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kecha fransiyalik hujumchi mashg'ulotlarda olgan o'ng tizzasidagi jarohat sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shunday ekan, Dembele shu yili bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatini ham o'tkazib yuboradi.

Usmon 2017 yili ham jiddiy jarohat olgan edi, o'shanda futbolchi chap tizzasini shikastlab olgandi. 

Dembele joriy mavsum La Ligada 5ta o'yin, YCHLda esa 4ta bahsda ishtirok etdi. 22 yoshli futbolchi bu o'yinlarda bitta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com