"Barselona" Errerani Ispaniyaga qaytarmoqchi
Narzulla Saydullayev
8 apr 2015, 18:01
El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Ander Errerani sotib olmoqchi.
25 yoshli futbolchi mankunianliklarning asosiy futbolchisi emas. Kataloniya klubi esa yozda klubdan ketishi mumkin bo'lgan Xavining o'rniga uni sotib olmoqchi.