"Barselona" asosiy himoyachisi safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2021, 20:23
"Barselona" qanot vakili Jordi Alba jarohat oldi.

32 yoshli ispaniyalik Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda (0:3) jarohatlandi. U birinchi taymning 31-daqiqasida jarohat tufayli almashtirildi. Uning o'rniga Oskar Mingesa maydonga tushirildi.

Futbolchining jarohati bilan bog'liq tafsilotlar tez orada ma'lum qilinadi.

Alba joriy mavsumda Ispaniya Primerasida 10 o'yinda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: barcablaugranes.com