

Kataloniyaliklar London klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyorlar. Ispan klubi vakillari muzokaralarni 30 mln. evrodan boshlashmoqchi.
Oldinroq, 22 yoshli futbolchi kelajagi va "Barselona"ga o'tishi haqida suhbatlashish uchun "Arsenal" rahbariyati bilan uchrashgani e'lon qilingan edi. "To'pchilar" ustozi Arsen Venger Beleringa uni sotmasligini aytgan.
Futbolchi va "Arsenal" o'rtasidagi bitim 2023 yilgacha amalda.


