"Barselona" 20 yoshli portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Alisher
30 yanv 2020, 14:55
"Braga" hujumchisi Fransishku Trinkau faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Barselona" 20 yoshli portugaliyalik futbolchini xarid qilmoqchi. Transfer 20 million evroga baholanmoqda.

Trinkau joriy mavsum Portugaliya chempionatida "Braga" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Trinkau 2019 yildan buyon Portugaliyaning U-21 terma jamoasida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Record