"Barsa"dan haydalishi aytilayotgan Xavining hech narsadan xabari yo'qligi ma'lum bo'ldi

Administrator
17 may 2024, 22:00
Murabbiy vaziyat yuzasidan Joan Laporta bilan uchrashadi.

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi, uni jamoadan ketkazishayotganidan xabari yo'q. Avvalroq, juda ko'p manbalar "Barselona" mavsum yakunlangach Xavini iste'foga chiqarishi haqida yozgandi. 

Xavi bugun o'z murabbiylar shtabidagi ishchilar bilan uchrashgan va hech narsadan xabari yo'qligini ma'lum qilgan. Murabbiy hamkasblariga hech narsani tushunmayotgani, Laporta bilan oxirgi muloqot bu "Almeriya"ga qarshi o'yindan keyingi tabrik bo'lganini aytgan. 

As nashrining yozishicha, Xavining atrofidagilarning aytishicha, murabbiy barchasiga bosiqlik bilan munosabat bildirgan, shu bilan birga, uning ketishi allaqachon hal qilib qo'yilganidan taajjubga tushgan.

Xavi tez orada klub prezidenti bilan uchrashadi va o'z kelajagi borasidagi savollarga javob oladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As