"Barsa"da jiddiy o'zgarishlar bo'ladi: 8 nafar ketadigan o'yinchi ma'lum, 5 futbolchi jamoaga taklif etiladi

Alisher
25 mar 2020, 15:34
"Barselona" yozgi transferlar oynasida sakkiz o'yinchisi borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Kataloniya klubi mavsum yakunlangandan so'ng tarkibini kuchaytirmoqchi va hujum, yarim himoya va himoya poziciyalari uchun 5 nafar yangi o'yinchini taklif qilmoqchi.

Biroq, koronavirus pandemiyasi sabab mavsumda bo'layotgan pauza yozda "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy imkoniyatlariga jiddiy ta’sir o'tkazadi.

Shu sababdan "Barsa" o'z o'yinchilarini boshqa jamoalarga qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda (sotuv va almashuv yo'li bilan).

"Kamp Nou"ni Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Samuel Umtiti, Martin Breytueyt, Filippe Koutino, Xunior Firpo, Antuan Grizmann va Netolar tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es