"Barsa" va Alvesning shartnomasida uzaytirish bilan bog'liq band ham bor

Aziz Tukhtamuradov
13 noya 2021, 08:42
"Barselona" va Dani Alves o'rtasidagi kelishuv shartlari ma'lum bo'lmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shartnomani 2023 yilning iyunigacha uzaytirish bandi ham bor. 

38 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasi ushbu mavsum oxiriga qadar amal qiladi. 

Eslatib o'tamiz, Alves 2008-2016 yillarda "Barselona" safida o'ynagan va jamoa bilan 23 ta sovrin yutgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano