"Barsa" "Napoli"ga qarshi o'yin uchun 7 nafar zaxira jamoasi futbolchisini jalb qildi. Dembele, Vidal va Buskets o'ynamaydi

Alisher
7 avg 2020, 16:24
"Barselona CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Kataloniyaliklar qaydnomasidan 7 nafar "Barselona B" jamoasi o'yinchilari o'rin oldi. Shuningdek Artur, Usmon Dembele, Arturo Vidal va Serji Buskets o'yinni o'tkazib yuboradi.


Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen, Neto, Inyaki Penya;

Himoyachilar: Serdji Roberto, Nelson Semedu, Jerar Pike, Jordi Alba, Xunior Firpo, Kleman Langle, Ronald Arauxo, Oskar Mingesa;

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Frenki de Yong, Rikard Puch, Monchu, Ludovit Reys, Xandro Orelyana;

Hujumchilar: Lionel Messi, Luis Suares, Antuan Grizmann, Anssumane Fati, Konrad de la Fuente.




Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Napoli" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona