"Barsa" futbolchisi Kanselu qachon qaytishi mumkinligi ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2024, 09:10
"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu La Liganing 19-turi doirasida "Las-Palmas"ga qarshi kechgan o'yinda jarohat olgandi.

Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik futbolchining jarohati jiddiy emas. Biroq, u 11 yanvar kuni "Osasuna"ga qarshi kechadigan o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Shuningdek, u 20-tur doirasida "Betis"ga qarshi (21 yanvar) bo'ladigan o'yinda ham maydonga tusha olmasligi mumkin. 

U 27 yanvar kuni "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvgacha tayyor bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo