“Barsa” afsonalari avgustda “Kamp Nou”da to'planishadi

29 fev 2020, 01:14
“Barselona” klubi jamoaning sobiq hujumchisi Ronaldinyo sharafiga uchrashuv tashkil qilish taraddudida.

“Barselona” afsonalari va jahon terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuv 19 avgust kuni “Kamp Nou”da o'tkazilishi kutilmoqda.

“Barselona” rahbariyati ushbu uchrashuvga Andrea Pirlo, “Terri Anri, Roberto Karlos, Pavel Nedved, Xaver Saviola va Paolo Maldini singari o'tmishning mashhur futbolchilarini taklif etishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik mashhur to'p sehrgari Ronaldinyo “Barselona” safida “Oltin to'p” (2005)ni qo'lga kiritish bilan birga Yevropa Chempionlar ligasi (2005/2006), Ispaniya chempionati (2005, 2006) va Ispaniya superkubogi (2005, 2006)da g'oliblikni qo'lga kiritgan. Kataloniya klubi safida u 2003-2008 yillarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: RAC1