Barcali: "Yuventus" o'n daqiqa "Barselona"ni qo'rqishga majbur qildi"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2015, 10:45
"Yuventus" himoyachisi Andrea Barcali "Barselona"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.

"Raqib qanchalik kuchli ekanligini bilgan edik, shu sababli maydonda bor kuchimiz bilan harakat qildik, ammo "Barselona"dagi iqtidorlar g'alabani ilib ketdi.

Finalda mag'lub bo'lgan bo'lsakda, boshimizni tik tutishimiz mumkin. O'yinni hozir tahlil qilish qiyin. O'yinni yaxshi boshlay olmadik, lekin o'zimga o'yinda qolishimizni aytdim. Hisobni tenglashtirib "Barselona"ni o'n daqiqa qo'rqishga majbur qildik" - deydi Barcali.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com