Balotelli "Adana Demirspor"ga o'tishi mumkin

Alisher
9 iyun 2021, 09:25
"Monca" sobiq forvardi Mario Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Turkiya Superligasining yangi ishtirokchisi "Adana Demirspor" 30 yoshli italiyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, Balotelli faoliyati davomida "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul" va "Marsel" kabi klublarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com