Balotelli A Seriyaga qaytishi mumkin. Ma'lumotni uning klubidagilar ham tasdiqladi

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024, 10:55
"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli "Salernitana" safiga borib qo'shilishi mumkin.

"Tutto Salernitana"ning xabar berishicha, klubdagi manbalar chindan futbolchi transferi amalga oshishi mumkinligini tasdiqlashdi. Biroq jiddiy muzokaralar haqida gapirishga vaqtli ekanligini ham qo'shib qo'yishdi. Takidlanishicha, futbolchi tanish-bilishlarni ishga solib, xizmatlarini italiyaliklarga taklif qilgan. Buning uchun Mario iyungacha shartnomaga va maksimal darajada kam maoshga ham roziligini bildirgan.

Balotellining Italiyadagi oxirgi klubi "Monca" bo'lib, u jamoani 2021 yil iyul oyida tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tuttosalernitana.com