Bakayoko “Kristal Pelas”ga o'tishdan bosh tortdi

16 sen 2020, 08:05
Temue A Ceriyada to'p tepmoqchi.

“Chelsi” yarim himoyachisi Temue Bakayoko “Kristal Pelas”dan tushgan taklifni rad qildi. Futbolchi faoliyatini “Milan” safida davom ettirishga umid bog'lagan. Milanliklar agar Rade Krunichni sota olsa, u holda Bakayoko bilan shartnoma imzolaydi. 26 yoshli futbolchi avvalroq “Milan” safida ijara asosida harakat qilgandi.

O'tgan mavsumni esa Bakayoko “Monako” safida ijarada o'tkazdi. U Liga 1 ning 20 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@NicolaSchira