Bahrayn - O'zbekiston. Uchrashuvni yaponiyalik hakamlar boshqarib borishadi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2015, 13:28
FIFA JCH-2018 saralashi doirasidagi Bahrayn va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinga hakamlarni tayinladi.

FIFA hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, 8 oktyabr kuni Manama shahrida bo'lib o'tadigan o'yinni Tojo Minoru boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Nagi Toshiyuki va Sindzi Ochi yordam berishadi. Zaxira hakami bangladeshlik Raxman Mizanur. O'yin nazoratchisi Abdulrahmon Al Zaid (Saudiya Arabistoni). Guam vakili Maykl Bordallo uchrashuv komissari etib tayinlandi.

Jahon chempionati-2018 saralashi:

5-tur, 8 oktyabr, payshanba

BAHRAYN – O'ZBEKISTON

Bosh hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)

Assistent 1: Nagi Toshiyuki (Yaponiya)

Assistent 2: Sindzi Ochi (Yaponiya)

Zaxira hakami: Rahmon Mizanur (Bangladesh)

Nazoratchi: Abdulrahmon Al Zeid (Saudiya Arabistoni)

Komissar: Maykl Bordallo (Guam)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com