Bafetimbi Gomis - OCHLda haftaning "Eng yaxshi futbolchisi"

Xayrulla Xoliqov
9 avg 2019, 13:02
Xabaringiz bor, 5-6 avgust kunlari G'arb mintaqasida Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvlar o'tkazildi.

Dastlab birinchi o'yinlarda qayd etilgan natijalarni yana bir bor eslab o'tsak: 


5 avgust. "Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vahda" (BAA) 1:1

5 avgust. "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Zobahan" (Eron) 2:1 


6 avgust. "Al Duhayl" (Qatar) - "Al Sadd" (Qatar) 1:1 

6 avgust. "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 2:4 


Birinchi o'yinlar natijasiga ko'ra, "Al Hilol" hujumchisi Bafetimbi Gomis haftaning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. U "Al Ahli" bilan kechgan bahsda uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

O'yin kuni 34 yoshini qarshi olgan francuz hujumchisining xatti-harakatlari 9,4 ballga baholandi. Bu borada ikkinchi o'rin "Al Duhayl" futbolchisi Yussef Msakniga nasib etdi. Msakni 7,8 ball to'pladi. Uchinchi o'rinni esa "Al Nasr" hujumchisi 7,5 ball bilan Abdulfattoh Asiri qo'lga kiritddi. 

Eslatib o'tamiz, OCHL G'arb mintaqasida 1/8 final javob bahslari 12-13 avgustda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com