

24 yoshli forvard ilk marta piterliklar safida asosiy tarkibida o'ynamoqda. 37-daqiqada eronlik futbolchi "Zenit" uchun ilk golini kiritdi. Shuningdek, u jamoasining yana bir goliga assistentlik qildi.
Azmun "Fenerbaxche"ga (0:1) qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushib, "Zenit"da debyut qilgandi.



