Azarning otasi bir oy oldin o'g'lini "Real"ga taklif qilgan ekan

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2018, 12:05
Ikki yildan so'ng erkin agentga aylanadigan "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Real"ga o'tmoqchi.

Belgiya terma jamoasi futbolchisining otasi Terri Azar o'g'lini "Real"ga taklif qilib, ular bilan muzokara o'tkazgan edi.

Bu "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasining final uchrashuvidan bir necha kun oldin sodir bo'lgan edi.

Katta Azar "Real"ga o'g'li "Chelsi" bilan shartnoma uzaytirmasligini ma'lum qilgan. "Ko'klar" kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.

"Real" Zinedin Zidan ketishiga qaramasdan, avvalgidek Azarni Neymar transferi o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca