Azar undan norozi bo'lgan "Real"ning har bir muxlisiga murojaat qildi

Alisher
16 noya 2022, 11:47
"Real" hujumchisi Eden Azar uning o'yinidan norozi bo'lgan har bir Madrid jamoasi muxlislariga aytadigan so'zlari borligini ma'lum qildi.

"Kechir, do'stim. Urinyapman, ammo... Kechir. Menda yana bir yil bor va men buni isbotlashim kerak, ammo bu osonmas: men o'ynamayapman, ammo o'ynashni xohlayman... Hammasi shunday bo'lganidan juda ham afsusdaman", - deydi Azar.

31 yoshli belgiyalik "Real"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. 

U "qirollik klubi" safida jami 72ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca