Azar "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Aslanov Jasurbek
9 may 2018, 10:55
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Real" futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida paydo bo'lgan mish-mishlarga izoh berdi.

"Muxlislar klubdan ketishimni istashmasa kerak. "Chelsi"da baxtliman. Oilam bu yerda o'zini yaxshi his qilmoqda. Albatta, Chempionlar ligasida o'ynashni istayman, ammo bu eng asosiysi emas" - deydi Azar.

Joriy mavsum 27 yoshli Azar ingliz klubi safida barcha turnirlarda 48ta uchrashuv o'tkazib, 16ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SFR Sport