Azar: "E'tibor qilmayapman"

Eldor Akmurzayev
30 sen 2019, 22:05
Real vingeri Eden Azar yangi jamoasiga moslashish jarayoni qanday kechayotgani haqida fikr bildirdi.

Mendan ko'p narsani kutishmoqda, shu bois men tomonga yog'ilayotgan tanqidlar bu normal holat. E'tibor qilmayapman. Jarohatimdan qutuldim va endi yuz foizga tayyorman. Gol urishni boshlaydigan bo'lsam, barchasi oson kechadi. Oldinga qadam tashlashim kerakligini tushunmoqdaman, – deydi Azar. 

Eslatib o'tamiz, Azar lazaretdan qaytganidan buyon qirollik klubi tarkibida hali birorta ham bahsni to'liq 90 daqiqa o'tkazmadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo