Ayollar futboli sport turi sifatida butunlay tugatilishi mumkin

19 apr 2020, 22:47
Bu haqida "wfpl.com.ua" saytida xabar qilindi.

Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPro)  koronavirus pandemiyasi tufayli ayollar futboli butunlay yo'q bo'lib ketishi mumkinligini e'lon qildi. 

Tashkilot bayonotida hozirgi inqiroz davriga qadar ham ayollar futboli to'liq shakllanmagani va mustaqil oyoqqa tura olmagani hamda bunga sabab bo'layotgan omillar to'g'risida gapirilgan. Sabablar qatorida qisqa muddatlarga imzolangan, nomukammal shartnomalar ham sanab o'tilgan. FIFPro futbolda ayollar huqularining hurmat qilinmasligiga alohida urg'u bergan.

Takidlanishicha, mavsum to'xtatib qo'yilgan hozirgi sharoitda ayollar futboli yo'qolib ketish arafasida turibdi. Agar zarur chora-tadbirlar ko'rilmasa, sportning ushbu turini saqlab qolish imkoniyati deyarli bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: wfpl.com.ua