"Ayaks" 20 karra Niderlandiya Kubogi sohibi!

Eldor Akmurzayev
18 apr 2021
Musobaqaning hal qiluvchi bahsida “Ayaks” va “Vitess” o'zaro to'qnash keldi.

Finalda amsterdamliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Rayan Gravenberx va David Neres gol urgan bo'lsa, raqiblar safida Loi Openda o'z nomini tabloga yozdirdi. Shuningdek, 2-taym oxirlarida “Vitess” himoyachisi Yakob Rasmussen qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, “Ayaks” 20 karra Niderlandiya Kubogi sohibiga aylandi.

“Ayaks” – “Vitess” 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: Gravenberx 23 - 1:0, Open 30 - 1:1, Neres 90+1 - 2:1

Chetlatish: Rasmussen


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia