Avstriyada "Zalcburg"ning gegemonligi davom etadi

"RB Zalcburg" biroz avval yakuniga etgan "Xartberg"ga qarshi uchrashuvni o'z foydasiga hal qildi (3:0).

Bu "Zalcburg" futbolchilarining muddatidan oldin Avstriya chempioniga aylanishi uchun kifoya qildi. Chempionat yakuniga 2 tur qolganda "buqalar" Venaning "Rapid" klubidan 12 ochkoga o'zib kyetishdi (venaliklarning zahiradagi o'yini ham bor).

Bu "Zalcburg"ning Avstriya chempionatidagi qatorasiga ettinchi, umumiy hisobda 14-g'alabasi hisoblanadi.

Avvalroq mazkur klub futbolchilari mamlakat kubogini ham qatorasiga 7-bor o'zlariniki qilishgandi.


Manba: twitter.com/RedBullSalzburg

O'xshash yangiliklar