"Atletiku Mineyru" Braziliya Kubogini yutdi va "oltin dubl" qayd etdi

Alisher
16 dek 2021, 10:16
"Atletiku Mineyru" mehmonda Braziliya Kubogi finalining ikkinchi o'yinida "Atletiku Paranaense" (2:1)ni mag'lub etdi.

Gollardan biriga Yevropadagi o'yinlari orqali tanish Xalk mualliflik qildi. Shuningdek Keno ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Mezbonlardan esa Jaderson gol urdi.

"Atletiku Mineyru" ilk o'yinda 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi va ikki o'yin natijasiga ko'ra sovringa ega chiqdi.

Jamoa oldinroq Braziliya chempionatida g'olib chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia