

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda juda yaxshi o'yin ko'rsatyapti va bir nechta Yevropa grand klublarining e'tiborini tortishga muvaffaq bo'ldi. "Atletiko" Grizmanni o'zining azaliy raqiblaridan biri hisoblangan "Real"ga sotmoqchi emas.
Ayni damda Grizmanning transfer narxi 80 mln. evro, ammo tez orada futbolchining bahosi 100 mln. evroga yetishi mumkin. Bu qaror "Real" Antuanni xarid qila olmasligi uchun chiqarildi.
Grizmann bu mavsumda Primeroning 19 uchrashuvida 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



