"Atletiko" prezidenti: "Simeone – klubning muhim boyligi"

Sherzod Nurmatov
22 fev 2022
Madrid klubi prezidenti Enrike Sereso YCHL 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan bosh murabbiy Diego Simeonening holati haqida gapirdi.

"Simeone klubning muhim boyligi, biz uni saqlab qolishimiz kerak. Simeone "Atletiko" murabbiyi bo'lishni to'xtatishi xayolimizga ham kelmagan va boshqa murabbiy izlash, albatta, mantiqsizlik va insofsizlikdir", – dedi Sereso.

"Atletiko" va "Manchester Yunayted" o'yini ertaga bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central