"Atletiko" prezidenti Grizmanning jamoadan ketishini xato qaror deb hisoblaydi

Alisher
7 iyun 2019, 16:30
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Antuan Grizmann ketishini e'lon qilgandan so'ng faoliyatini qayerda davom ettirishini bilmayotganligiga izoh berdi.

- Grizmann bu yerda 5 yil o'ynadi va katta ish qildi. Uning kelajagi? Men uning qaerga borishini bilmayman. "Barselona"dan hech kim men bilan bog'lanmagan. Ilgari Antuan jamoada qolishiga ishonchim komil edi, ammo hozir emas. O'ylaymanki, "Atletiko"dan ketgani noto'g'ri qaror bo'ldi, lekin Grizmann unday deb o'ylamayapti, - deydi Sereso.

Grizmann "matraschilar" tarkibida 2014 yildan beri o'ynayotgan edi. U 2018/19 yilgi mavsum barcha turnirlarda 48ta o'yin o'tkazib, 21ta gol va 10ta assistni amalga oshirdi. transfermarkt.de futbolchini 150 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Onda Cero