"Atletiko" prezidenti: "Grizmanning "Barsa"ga ketishi g'alati uslubda bo'lgandi, ammo u qaytishni qattiq xohlayotganini ko'rsatdi"

Alisher
4 sen 2021, 10:38
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso hujumchi Antuan Grizmanning "Barselona"dan o'tgani haqida gapirdi.

Francuz Madrid klubiga ijara asosida o'tdi. "Atletiko" agar Grizmann jamoa safida kerakli o'yinlar sonini o'tkazsa, klub uni xarid qilish majburiyatini oladi.

"Bu uchta tomonning kelishuvi bilan sodir bo'ldi. Grizmanni keyingi ikki yilga olib omadimiz keldi. Biz bu transferga ishonmagandik va Saulning ketish yoki ketmasligini bilmagandik. Biz hali gaplasha olmadik, sababi u Fransiyada.

Grizmanning "Barsa"ga ketishi g'alati uslubda bo'ldi, ammo u qaytishni qattiq xohlayotganini ko'rsatdi. Buni yoqtirmagan muxlislar ham bo'ladi, ammo uning qaytishidan xursandlar ham bor.

Ishtirok etish darajasi va eng yaxshi tarkib muhim. Grizmann biz uchun hayratlarni shartlarda o'tdi. Bu uning jamoada qanchalik o'ynashni xohlaganini ko'rsatadi", - deydi Sereso.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As