"Atletiko Mineyro" Diego Godin bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2022, 19:09
Xabarlarga ko'ra, "Atletiko Mineyro"ning urugvaylik himoyachisi Diego Godin tez orada jamoani tark etishi mumkin.

"Atletiko" tajribali urugvaylikning o'yinidan norozi va shartnomani bekor qilmoqchi. 

Godinning xizmatlariga Argentinaning "Veles Sarsfild" klubi qiziqmoqda.

36 yoshli Diego Godin Ispaniyaning "Atletiko" va Italiyaning "Inter" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Urugvay terma jamoasi safida 159 ta o'yin o'tkazgan.

Bu yil Godin "Atletiko Mineyro" tarkibida 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Olé