“Atletiko M” - “Arsenal”. Loran Koselni jarohat oldi
4 may 2018, 00:20
Ayni damda Yevropa Ligasi yarim final javob uchrashuv doirasida “Atletiko Madrid” o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qilmoqda.
Uchrashuvning 10-daqiqasida “Arsenal” himoyachisi Loran Koselni jarohat oldi. Jarohati jiddiyligi sababli o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rniga Kalum Chembers maydonga tushirildi.
Loranning jarohati haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.