"Atletiko" himoyachisi mavsumoldi turni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023, 13:22
Futbolchi jarohat olgan.

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xose Ximenes mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchining to'pig'i singan. Futbolchining tiklanish vaqti noma'lum, ammo u jamoaning Koreya Respublikasidagi mavsumoldi turnesini o'tkazib yuboradi.

"Atletiko"ning mavsumoldi turidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi 27 iyul kuni Koreya ligasi termasiga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com