“Atletiko” etti yillik noxush ananaga chek qo'ydi

Khoja
26 yanv 2024
Ispaniya kubogining chorak finalida “Atletiko M” "Sevilya"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

Shu tariqa, Diego Simeone shogirdlari etti yillik noxush ananaga chek qo'yishga erishdilar. Sababi madridliklar 2016-17 yilgi mavsumdan beri Ispaniya kubogining yarim finaliga chiqmagandi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya kubogining yarim finaliga Madrid jamoasidan tashqari “Malorka”, “Real Sosedad" va “Atletik B” chiqqan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com