

Ispan klubining Polsha terma jamoasi futbolchisiga qiziqishi yanvarda ma'lum bo'lgan edi. Keyinroq Fabricio Romano Kesh madridliklar tomonidan mudofaaning o'ng qanotini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida ko'rilayotganini tasdiqlagandi.
"Atletiko" endilikda Keshning xaridi bilan mavsum so'nggida shug'ullanadi. 24 yoshli o'yinchiga boshqa klublar ham da'vogarlik qilayotgani sabab transfer 30-40 mln funt sterlingga tushishi mumkin.
Metti Kesh joriy mavsum "Aston Villa" libosida APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 22 mln evroga baholamoqda.



