“Atletik” darvozaboni Kepa nima sababdan “Real”ga o'tmaganini ma'lum qildi

21 mar 2018, 09:10
“Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishda “Real”ga o'tishi mumkin edi.

“Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olish va jahon chempionatida ishtirok etish uchun, “Atletik” tarkibida yaxshi o'yin namoyish etishim lozim. Shuning uchun ham “Real”ga rad javobini berdim. Bu qarorni oilam va do'stlarim bilan maslahatlashgan holda qabul qildim. Men “Atletik” bilan 7 yillik shartnoma imzolaganimdan xursandman”, - deydi Kepa.


Ma'lumot uchun 23 yoshli Kepa “Atletik” bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Uning tovon puli 80 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Manba: Footbal Espana