"Atalanta" navbatdagi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2020
"Atalanta" "Valensiya" o'yinchisi Kristiano Pichchinini o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda italyan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Klub 27 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Italiyalik "Valensiya"da 2018 yildan beri o'ynab kelayotgandi. U ispan jamoasiga "Sporting"dan 8 million evro evaziga ko'chib o'tgan. 

Himoyachi ispan klubi tarkibida 40 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atalanta.it