"Aston Villa" e'tiborini "Atletik" hujumchisiga qaratdi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 13:00
"Villanlar" Inyaki Uilyamsni sotib olmoqchi.

Angliyaning "Aston Villa" "Atletik" Bilbao hujumchisi Inyaki Uilyamsni safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi "Football Insider".

"Villanlar" qishki transfer oynasida 29 yoshli Uilyamsning transferini yakunlash imkoniyatini o'rganmoqda.

Inyaki Uilyams joriy mavsum Bilbao jamoasida 13 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider