Asror Aliqulov: "Sun'iy maydonda o'ynash - "Aral Samali"ning o'yin uslubi"

Narzulla Saydullayev
22 okt 2021
Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Sho'rtan" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yinning sun'iy maydonda o'tishi "Aral Samali"ning o'yin uslubi deyish mumkin. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik, biz ko'proq hujumdagi va himoyadagi harakatlarimizga e'tibor qaratdik. O'yin oxirlarida gol o'tkazib, g'alabani qo'ldan chiqardik.

"Aral Samali" asosan uzun paslar bilan o'ynashadi, hatto autdan ham shunday uslubda o'ynaydi. Shu bois ko'pchilik bo'lib himoyalandik. Bugun futbol ko'p bo'lmadi, asosan standart vaziyatlar, to'p uzatishlar kuzatildi.

Yil boshida bizning tarkbimiz boshqacha edi, 70-80 yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Shu bois o'yinimiz va natijalar o'zgardi.

Moliyaviy holatimiz? Homiy o'zgarganidan keyin bir muddat qiyinchiliklar bo'ldi. Klubimiz rahbariyati muammolarni hal qilishdi, 4 oy davomida sabr qilishgani uchun futbolchilarga ham rahmat aytaman. Hozir hammasi joyida", - deydi Asror Aliqulov. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia