Aspilikueta: "Inestani "Stemford Brij"da iliq kutib olishadi deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 13:32
"Chelsi"ning ispaniyalik himoyachisi Sesar Aspilikueta "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidan oldin raqib jamoa yarim himoyachisi Andres Inesta iliq kutib olinmasligi haqida aytdi.

"U 2009 yil "Chelsi" darvozasiga gol urganida men "Osasuna"da o'ynardim. Bu uning tarixi va faoliyatini o'zgartirib yubordi, "Chelsi" muxlislari hozir ham bu golni eslashsa kerak. Inesta hozirgacha ko'klarning tushiga kirib chiqadi, shu sababli uni "Stemford Brij"da iliq kutib olishadi deb o'ylamayman" - deydi Aspilikueta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS